Markaziy Osiyo davlatlari bilan Xitoy oʻrtasidagi savdo aylanmasi qanchaga oshgani maʼlum boʻldi

2023-yilning dastlabki ikki oyida Xitoyning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22 foizga oshdi.

TOSHKENT, 23-aprel – Sputnik. 2023-yilning yanvar-fevral oylarida Xitoyning O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22 foizga oshdi, deb xabar beradi “Dunyo”.

Xitoy va ushbu besh davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 2022-yilda 70,2 milliard dollarni tashkil etdi va bu tarixiy rekord hisoblanadi. Xuddi shu davrda Xitoyning Markaziy Osiyo davlatlaridan qishloq xo‘jaligi, energetika va mineral mahsulotlar importi 50 foizdan ortiq o‘sdi, Xitoydan beshta respublikaga mexanik va elektron mahsulotlar eksportining o‘sishi 42 foizni tashkil etdi.

2022-yil oxiriga kelib, Xitoyning Markaziy Osiyo mamlakatlariga kiritgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyasi hajmi 15 milliard dollarga yaqinlashdi.
Bundan tashqari, mamlakatlar neft va gazni qidirish, qazib olish va qayta ishlash, o‘zaro bog‘liqlik va raqamli texnologiyalar kabi sohalarda hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘ygan.
Shuningdek qarang: O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy mintaqalari rahbarlarining forumiga mezbonlik qilishi mumkin.